Янгиликлар
30
“Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
2022 yil 15-martdan 15-mayga qadar Adliya Vazirligi tomonidan e’lon qilingan "Huquqiy aksiya" doirasida joriy yilning 27-aprel kuni xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimlarida faoliyat olib borayotgan soha xodimlari ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida: Qarshi tuman adliya bo‘limining "Yuridik xizmat markazi" boshlig‘i A.Eshimov va tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Jo‘rayev hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri M.Yusupovalar so‘z olib, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining manfaatlari yuzasidan muhim bo‘lgan huquqiy tamoyillar, yangiliklar, o‘zgarishlar, asosli manbalar va bugungi kunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan sohaga oid amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar haqida qolaversa mavzuga doir yig‘ilganlarning barcha savollariga ham batafsil javoblar berib o‘tishdi.