Янгиликлар
30
Saylov targ‘iboti
Barchamizga ma’lumki, joriy yilning may oyida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tadi.
Viloyat ko‘maklashuvchi komissiya a’zosi, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqov va fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Nishon tuman ko‘maklashuvchi komissiya a’zolari ishtirokida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovining ahamiyati yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) nomzodiga quyilgan talablar, MFYlarda tuzilgan Ishchi guruh vakolatlari, ko‘maklashuvchi komissiya vazifalari, saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish va fuqarolardan kelib tushishi mumkin bo‘lgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va kun tartibiga taaluqli boshqa masalalar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
Davra suhbatida ko‘maklashuvchi komissiya a’zolarining savollariga batafsil javoblar berildi