Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sayyor qabullar davom etmoqda!!!


Joriy yilning 28-aprel kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan Shahrisabz shahridagi 2-sektor binosida 30 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘lim boshlig‘i A.Xudayberdiyev, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i O.Umarov va boshqa aloqador tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Mas’ul xodimlar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining 7 nafariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, 1 nafarining murojaati bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berilib, ijtimoiy sheriklikning o‘rnatilishi jamiyat va fuqarolar o‘rtasidagi vujudga keladigan munosabatlarda ijobiy rol o‘ynashi aytib o‘tildi.