Янгиликлар
Yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar - martaba darajalari berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi
PQ-2733-son Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Qashqadaryo viloyati
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlariga maxsus
unvonlar - martaba darajalari berildi.
Jumladan, Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi yuriskonsulti Samadov Tulkin Dusmurodovich va O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi yuriskonsulti Sadikov Nuritdin Yax’yayevichlarga maxsus unvonlar – martaba darajalari berildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan adliya vazirining “Maxsus unvonlar – martaba darajalarini berish haqida”gi buyrug‘i davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmat xodimlariga tantanali ravishda topshirildi.
