Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Mahalla saylovi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri..


Barchamizga ma’lumki, joriy yilning may oyida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tadi.

“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga asosan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasining asosiy vakolatlaridan biri fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlash va saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish hisoblanadi.

Joriy yilning 27 aprel kuni viloyat ko‘maklashuvchi komissiya a’zosi, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqov va fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qarshi shahar ko‘maklashuvchi komissiya a’zolari ishtirokida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qonunning mazmun-mohiyati, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovining ahamiyati yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) nomzodiga quyilgan talablar, MFYlarda tuzilgan Ishchi guruh vakolatlari, ko‘maklashuvchi komissiya vazifalari, saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish va fuqarolardan kelib tushishi mumkin bo‘lgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va kun tartibiga taaluqli boshqa masalalar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

Davra suhbatida ko‘maklashuvchi komissiya a’zolarining savollariga batafsil javoblar berildi.

Shu kabi davra suhbatlari viloyatning Kitob, Nishon va Dehqonobod tumanlarida davom etadi.