Янгиликлар
Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi faoliyatidan...
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.
Mazkur yoʻnalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, boʻlim tomonidan 2022-yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 349 ta murojaatning 264 tasi hal etilib, shundan 80 tasi yoki 22,9 foizi (koʻrib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 30,3 foiz) qanoatlantirilgan, 184 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 52 ta murojaatning 49 tasi hal etilib, shundan 22 tasi yoki 42,3 foizi (koʻrib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 44,8 foiz) qanoatlantirilgan, 27 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish natijasiga koʻra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida 24 ta taqdimnomalar kiritildi. Natijada 6 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 95 204 800 soʻm pul mablagʻlari undirib berildi.
Boʻlim tomonidan hisobot davrida 19 ta daʼvo arizalari kiritildi.
Bundan tashqari, boʻlim tomonidan 2022-yilning birinchi choragi davomida oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 26 ta taqdimnoma va 8 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada 6 ta shaxs intizomiy jazoga tortildi. Shu bilan birga, fuqarolar foydasiga 97 819 900 soʻm pul mablagʻlari undirib berilishi taʼminlandi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boʻlim tomonidan jami 51 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 38 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 10 tasini ogʻzaki, 3 tasini yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat eʼtiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.
Shuningdek, tuman (shahar) adliya boʻlimlariga har haftada berib borilayotgan ish yuklamalari boʻyicha bir qator yutuqlarga erishildi.
1. Joriy yilning 10-14-yanvar kunlari tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida kasb-hunar stipendiya, ishsizlik nafaqa va jamoatchilik ishi haqlaridan qarzdorlik holatlarini tahlil qilinganda 1 137 053 681 soʻm stipendiya, ishsizlik nafaqa va jamoatchilik ishi haqlari toʻlanmaganligi aniqlandi.
Shunga koʻra, ushbu pul summalarini toʻlash berish haqida tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga jami 11 ta taqdimnomalar kiritildi.
2. Joriy yilning 31-yanvar-4-fevral kunlari kasb-hunar maktab va kollejlari, sport hamda madaniyat maktablarida PF–6099-son ijrosi (“Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha ustama toʻlanishi)ni tahlil qilindi. Tahlil natijasida asosan yuqoridagi Farmon talablari asosida ishni tashkil etish va 45 242 990 soʻm ustama pullarini toʻlash haqida jami 57 ta tqadimnoma va 7 ta daʼvo arizalari kiritildi.
3. Joriy yilning 14-18-fevral kunlari PQ–31-son qarori ijrosi boʻyicha ish oʻrni qisqarayotgan MFY xodimlariga Mehnat kodeksining
67, 109 va 151-moddalari asosan toʻlovlarning toʻlanganlik holatini tahlil etildi.
Tahlil natijasiga koʻra, 1 348 077 233 soʻm pul mablagʻlarini toʻlab berish toʻgʻrisida jami 14 ta taqdimnomalar kiritildi.
4. Joriy yilning 28-fevral-4-mart kunlari Kasb-hunar kolleji va maktablarida “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasi hamda Mehnat organlariga boʻsh ish joylarni (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisidagi va moʻljallanayotgan ishdan ozod etishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi Nizom (roʻyxat raqami 858, 1999-yil 22-dekabr) hamda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil
24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga asosan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish holatlarini tahlil qilindi.
Tahlil natijalariga koʻra, 19 ta taqdimnoma va 25 ta maʼmuriy takliflar kiritildi.
INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BOʻLIMI TOMONIDAN 2020-2021-YILLAR DAVOMIDA QILINGAN ISHLAR HAQIDA MAʼLUMOT
KOʻRSATKICHLAR |
2020-yil 1 choragi |
2021-yil 1 choragi |
2022-yil 1 choragi |
Jami kelib tushgan murojaatlar |
435 ta |
372 ta |
349 |
Arizalar |
174 ta |
178 ta |
182 |
Shikoyat |
176 ta |
123 ta |
167 |
Ishonch telefoni |
85 ta |
71 ta |
52 |
Hal etilgan murojaatlar |
375 ta |
289 ta |
313 |
Jami qanoatlantirilgan murojaatlar |
135 ta |
73 ta |
102 |
Huquqiy tushuntirish berilgan murojaatlar |
240 ta |
216 ta |
211 |
Tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar |
62 ta |
58 ta |
65 |
Tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun tuman adliya boʻlimiga yuborilgan murojaatlar |
5 ta |
0 ta |
0 |
Jami taqdimnomalar soni |
30 ta |
25 ta |
26 |
Murojaatlar boʻyicha kiritilgan taqdimnoma |
17 ta |
7 ta |
24 |
Taqdimnoma asosida intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar |
5 nafar |
7 nafar |
6 nafar |
Taqdimnoma asosida undirilgan summa |
1 623 947 224 soʻm |
477 578 812 soʻm |
97 819 900 |
Daʼvo arizalar soni |
4 ta |
6 ta |
19 |
Qanoatlantirilgan daʼvolar |
5 ta |
4 ta |
4 |
Daʼvo ariza asosida undirilishi soʻralgan summa |
0 |
305 619 800 soʻm |
8 262 100 |
Daʼvo ariza asosida undirilgan summa |
0 |
5 959 888 soʻm |
8 262 100 |
Maʼmuriy soni |
3 ta |
6 ta |
8 |
Maʼmuriy javobgarlikka tortilganlar |
1 ta |
0 ta |
6 |
Kiritilgan ogohnomalar soni |
30 |
34 ta |
48 |
Oʻ. Azimov