Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Radio efiri orqali qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirildi


Qamashi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari A.Turayev, N.Xurramov, O.Zulfiqorov, B.Ro‘ziyev, F.Ashurov, A.Rahmatovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Inson va qonun” eshittirishi orqali yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan intervyular berildi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil

18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–173-son qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–74-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 203-son va 2022-yil 12-apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 172-son qarorlari  mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.