Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Aksiya doirasida


Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 37 nafar ta’lim xodimlarining Kadrlar bo‘yicha menedjerlari 2020-yil yanvar oyidan 2021-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra to‘lanmasdan kelingan ish haqlarini undirib berilishi yuzasidan amaliy yordam so‘rab ariza bilan murojaat etishgan.

Maxzkur holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga 37 ta da’vo arizalari kiritildi.

Sudi tomonidan joriy yilning 8 aprel kuni 37 nafar ta’lim xodimlari foydasiga jami 178 467 453 so‘m ish haqlarini tuman xalq ta’limi bo‘limidan undirish bo‘yicha sud buyruqlari chiqarildi.