Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

SHAHRISABZ SHAHAR ADLIYA BO‘LIMINING 2022 YIL 3 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRGAN FAOLIYATI YUZASIDAN



SHAHRISABZ SHAHAR ADLIYA BO‘LIMINING 2022 YIL 3 OYI DAVOMIDA AMALGA  OSHIRGAN  FAOLIYATI  YUZASIDAN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 3 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Adliya bo‘limiga  3 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 114ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan hal etilgan  murojaatlardan 65 tasi yoki 67 foizi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 33 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 16 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiq qolgan hamda murojaatlarning 1tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan (murojaatlarni hal etishda 8 tasi joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan sayyor qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022yil3 ойи davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida shahardagi 12 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 268 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 44 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 32 tasi qanoatlantirilgan va 12 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlari va xalq deputatlari kengashining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 1 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan monitoringlar natijasi bo‘yicha 2ta taqdimnoma kiritildi.

O‘tkazilgan  o‘rganishlar  va  qo‘llanilgan  ta’sir  choralari  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 24 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 62 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 537 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 54ta taqdimnomalar kiritilgan. Ushbu kiritilgan taqdimnomalarga asosan 315.741.700so‘mlik ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz  tumanlararo sudiga kiritilgan 16 ta  165.534.400 so‘mlik ish haqlariga tenglashtirilgan da’vo arizalari kiritilgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 54 ta taqdimnoma, 147 ta ogohnoma, 9 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

Natijada, aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 40 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 16 ta 165.534.400 so‘mlik ish haqlariga tenglashtirilgan da’vo arizalari kiritilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 3 oyi davomida jami 389 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 259tasi OAV orqali, 113 tasi og‘zaki,  17 tasi ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.