Янгиликлар
14
KITOB TUMAN ADLIYA BO‘LIMINING 2022 YIL 1-CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRGAN FAOLIYATI YUZASIDAN
KITOB TUMAN ADLIYA BO‘LIMINING 2022 YIL 1-CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRGAN FAOLIYATI YUZASIDAN
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 286 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 216 ta yoki 75,5 foizi qanoatlantirilgan, 70 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 23 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).
O’tkazilgan sayyor qabullar
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 11 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 147 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 20 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 17 tasi qanoatlantirilgan va 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
4 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 1 ta taqdimnoma kiritildi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 22 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 93 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 821 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 68 ta taqdimnoma, 276 ta ogohnoma, 15 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.
Natijada
- 9 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 243 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
- 561 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 32 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 112,7 mln. so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida jami 408 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 287 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 108 tasi og‘zaki, 13 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 108 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Kitob tuman adliya bo‘limi