Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

KASBI TUMAN ADLIYA BO‘LIMI TOMONIDAN 2022 YILNING 3 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR


KASBI TUMAN ADLIYA BO‘LIMI TOMONIDAN 2022 YILNING
3 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning I choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 3 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 156 ta murojaatning 126 tasi hal etilib, shundan 113 tasi yoki 89.6 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 61 taga oshgan.
  Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha sudlarga jami 1 mlrd 521 mln 886 ming so‘mlik 54 ta da’vo arizalar kiritilgan bo‘lib,  shundan 1 mlrd 58 mln 205 ming so‘mlik 39 ta da’vo ariza va arizalar ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan.
Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 1-choragi  davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi 15 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 580 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 104 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha jami 1478 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 16 ta taqdimnoma kiritildi va 441 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Bo‘lim tomonidan joriy yilning 1-choragida jami 78 tashkilotlarda  1 ta o‘rganish va 25 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 4137 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 1-choragida jami 348 ta ta’sir choralari ko‘llanilgan bo‘lib, shundan, 219 ta ogoxnoma, 37 ta ma’muriy, 54 ta da’vo ariza, 95 ta taqdimnoma kiritilgan.  Shu bilan birga kiritilgan taqdimnomalarga asosan 57 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 2 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.  
O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 3 oyida jami 451 mln. 034 ming  so‘mlik ish haqi va ustama mablag‘lari kiritilgan taqdimnomalarga asosan to‘lab berilishi ta’minlangan.
Masalan, Kasbi tuman adliya bo‘limining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2021 yildagi PQ-31-sonli qaroriga asosan Kasbi tumanidagi 42 ta MFYlarning shtatlari qisqartirilgan xodimlariga MKning 109-modasiga asosan 51 194 160 so‘m, MKning 151-moddasiga asosan 347 051 233 so‘m, jami 398 245 393 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 37 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.


Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1-choragi davomida jami 514 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 393 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 81 tasi og‘zaki, 40 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 81 tasi manzilli targ‘ibot va 31 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha
    
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 3 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha  18 (17) ta takliflar berildi.

Kasbi tuman аdliya bo‘limi