Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

YAKKABOG‘ TUMAN ADLIYA: 2022 YIL 1 –CHORAGI SARHISOBI


YAKKABOG‘ TUMAN ADLIYA: 2022 YIL 1 –CHORAGI SARHISOBI

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 210 ta murojaatlarning 197 tasi hal etilib, shundan 153 tasi yoki 73 foizi qanoatlantirilgan, 44 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan,              1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 1 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 3 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta qaror bekor qilingan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 21 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 89 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 4545 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 45 ta taqdimnoma, 12 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 458 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 22 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 483 млн.             413 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 2 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 12 ta
17 mln. 201 ming so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.


Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 643 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 17 tasi televileniya, radio, gazeta va junallardan, qolgan 626 tasi veb-saytlar va boshqa elektron vositalar orqali, og‘zaki, yozma va ko‘rgazmali tadbirlaridan iboratdir.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022 yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 15 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 300 dan ziyod jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 126 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.