Янгиликлар
14
KOSON TUMAN ADLIYA BO‘LIMINING 2022 YIL 1-CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRGAN ISH FAOLIYATI YUZASIDAN
KOSON TUMAN ADLIYA BO‘LIMINING 2022 YIL 1-CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRGAN ISH FAOLIYATI YUZASIDAN
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 109 ta murojaatlarning 106 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 98 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 83 tasi yoki 87 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 23 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 1 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq bo‘lib qolgan.
O‘tkazilgan sayyor qabullar
Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 11 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 286 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 33 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib,
29 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 murojaat keyingi chorakda qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
2 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 3 ta taqdimnoma kiritilib, 5 ta qaror bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 71 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 103 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 466 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 73 ta taqdimnoma, 198 ta ogohnoma 11 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
Natijada
- 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 69 540 000 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
- 46 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish va boshqa xujjatlar bekor qilingan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 8 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 69 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib, 23 tasi to‘liq qanoatlantirilgan, 69 540 000 so‘m manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan. 551 144 000 so‘mlik 47 ta da’vo arizalari sud tomonidan keyingi chorakda ko‘rilishi rejalashtirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida jami
3825 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 161 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 201 tasi og‘zaki, 152 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari shular jumlasidan iboratdir.
Koson tuman
аdliya bo‘limi