Янгиликлар
14
MIRISHKOR TUMAN ADLIYА BO’LIMI: 2022 YIL I ChORAK SARHISOBI.
MIRISHKOR TUMAN ADLIYА BO’LIMI: 2022 YIL I ChORAK SARHISOBI.
Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil I chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning I choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 126 ta murojaatlarning 108 tasi hal etilib, shundan 81 tasi yoki 75 foizi qanoatlantirilgan, 27 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 18 ta murojaat hisobot davrida qoldiqda qolgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
5 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritilganib, 2 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 25 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 32 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1796 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 40 ta taqdimnoma, 15 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 200 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 12 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 500 mln. 418,1 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 15 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga
69 ta 312,2 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 511 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 360 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 113 tasi og‘zaki, 38 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.