Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya bo‘limi tomonidan to‘lanmay qolgan kompensatsiya pullari to‘lab berildi


Qarshi tuman adliya bo‘limiga tumandagi “Kojor” MFY, Nasaf ko‘chasida yashovchi fuqaro Sh.R.ning 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yoshlar yetakchisi lavozimida ishlab kelganligi, ushbu lavozim qisqartirilishi munosabati bilan

2022-yil 27-yanvarda ogohlantirish xati berilganligi, lekin fevral-mart oylarida ish haqlari (kompensatsiya) to‘lovlari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Natijada bo‘lim tomonidan Sh.R.ga 2022-yil fevral-mart oylarida to‘lanmay qolingan ish haqlari 4 198 975 so‘mni tashkil etishi aniqlanib, mazkur pullarni to‘lab berish choralarini ko‘rish haqida tuman Xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, to‘lanmay qolgan pullar to‘lab berilishi ta’minlandi.