Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Mehr - hamisha g‘olib


Savobli ishni har kun qilish Xalqimizning milliy qadriyatlaridan biridir.

Ayni Ramazon kunlar arafasida o‘zgalar holidan xabar olish, ota-bobolarimizdan qolgan go‘zal urf-odatlarimizdan biridir.


Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi Nishon tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining bosh yuriskonsulti Safarov O‘tkir va "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri Nasiba Ibragimovalar Nishon tumanidagi Yangiobod mahallasida yashovchi shoira, yolg‘iz ayol, 1-guruh nogironi Feruza Rahmonovaning xonadonida bo‘lishdi.

- O‘ksik ko‘nglimni  ko‘tarib, xonadonimga meni yo‘qlab kelgani uchun Qashqadaryo viloyati adliya boshlig‘iga va gazeta tahririyatiga minnatdorchilik bildiraman.

- Zohir ko‘zim ko‘rmasa ham bugungi ajoyib suhbatni , yaxshi insonlar mehrini yurakdan his qildim,-deydi Feruza.

Suhbat so‘nggida shoira "Navro‘z" haqidagi she’rini aytdi va o‘zining kitoblaridan mehmonlarga esdalik uchun ulashdi.