Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar - martaba darajalari berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi

PQ-2733-son Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Qashqadaryo viloyati davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar - martaba darajalari berildi.

Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi yuriskonsul’ti Saydaliyev Sanjar Maxmudovich, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Yuridik xizmat katta inspektori Boymuratov Xasan Azamat oʻgʻli va Qashqadaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bosh yuriskonsul’ti Raxatov Zafar Abruyovichlarga maxsus unvonlar – martaba darajalari berildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan adliya vazirining “Maxsus unvonlar – martaba darajalarini berish haqida”gi buyrug‘i davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmat xodimlariga tantanali ravishda topshirildi.