Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

O'quvchilari OTM ga ko'p kirgan maktablar raxbarlari rag'batlantiriladi


Maktab bitiruvchilarining OTMga o'qishga kirish hamda ishga joylashish ko'rsatkichlari asosida har yili 1-fevralgacha o'tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib maktablarning rahbar xodimlari rag'batlantiriladi.

 (https://lex.uz/docs/-4532496) Rag'batlantirish BHMning quyidagi miqdorlarida belgilanadi: 

➖o'quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi o'qishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 12 baravar (3 mln 240 ming so'm), direktori o'rinbosarlari – 6 baravar (1 mln 620 ming so'm);

➖o'quvchilarining 85–89 foizi o'qishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari  – 9 baravar  (2 mln 430 ming so'm), direktor o'rinbosarlari – 4,5 baravar  (1 mln 215 ming so'm);

➖o'quvchilarining 80–84 foiz qismi o'qishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 6 baravar (1 mln 620 ming so'm), direktor o'rinbosarlari – 3 baravar  (810 ming so'm).