Янгиликлар
Sayyor qabullar davom etmoqda...
Joriy yilning 30-mart kuni Yakkabog`tumani Musiqa va san`at maktabi binosida Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘lim boshlig‘i A.Xudayberdiyev, bo‘lim katta maslahatchisi E.Do'stov va boshqa aloqador tashkilotlar mas’ul xodimlari hamda 16 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida sayyor qabul tashkil etishdi.
Qabul davomida, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirish berildi hamda ularning faoliyati yuzasidan kelgusida yuzaga keladigan muammolar bo'yicha viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.

