Янгиликлар
16
Xodim pensiya yoshiga yetishi munosabati bilan uni ish beruvchi tomonidan bo'shatish taqiqlanadi
“Nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–167-son, 15.03.2022-y.) qabul qilindi
✅ Qarorga muvofiq, “Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul” tamoyilini qaror toptirishdagi tashabbuskor nuroniylar moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanadi.
Xodimning pensiya yoshiga to'lganligi uchun mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.
2022-yil 1-apreldan:
➖o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz keksalar va yolg'iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog'lomlashtiriladi;
➖sharoiti og'ir va kam ta'minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
➖og'ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;
➖keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;
➖davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to'liq qoplab beriladi.
2022-yil 1-sentyabrgacha keksalarga oid ma'lumot va yangiliklar ularning mobil telefon raqamlariga SMS orqali ma'lum qilib boriladi.
Mamlakatimizda faol qarish indeksi joriy etiladi.