Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Diniy tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi


Joriy yilning 16 mart kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda O’zbekiston musulmonlar idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda Qarshi shahri San’at maktabida viloyatda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Yig‘ilishda viloyat adliya boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tgan 184 ta diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Xudoyberdiyev tomonidan ishtirokchilarga “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonunchilik talablariga rioya etish tartiblari, diniy tashkilot imom-xatib va imom noiblarining aholi orasida, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida chiqishlarida amaldagi qonunchilik va ustav talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Qizg‘in bahs munozaralar ruhida tashkil etilgan tadbir savol-javoblar shaklida tashkil etilib, yig‘ilish qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.