Янгиликлар
Aholi o‘rtasida sayyor qabullar tashkil etildi
Joriy yilning 12 mart kuni viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan aholining muammolarini o‘rganish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda sayyor qabullar tashkil etildi.
Xususan, boshqarmaning mas’ul xodimi S.Turopov, Kitob tuman adliya bo‘limi boshlig‘i R.Muxammadiyev hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda "Varganza" va "Anorzor" MFYlarda, boshqarmaning mas’ul xodimi Sh.Baxronov, Qamashi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi K.Aralov hamda hokim yordamchisi bilan hamkorlikda “Ko‘shkapa” MFYda, boshqarmaning mas’ul xodimi F.Qurbonov, Qarshi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Qudratov hamda hokim yordamchisi bilan birgalikda "Quyi Bishkent" MFYda, boshqarmaning mas’ul xodimi A.Rajabov, Kasbi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Abdurasulovlar bilan birgalikda "Kasbi", “Jizza” MFYlarda aholi o‘rtasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qarori, xotin qizlar huquqlari hamda yer olish tartiblari, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftari”ga kiritish tartiblari va boshqa mavzularda tushuntirishlar berildi.



