Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Aholiga qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirildi


Joriy yilning 14 mart kuni Dehqonobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Tangriyev, bosh maslahatchisi U.Aliboyev va yetakchi maslahatchisi J.Ikromovlar ishtirokida viloyat televideniyesida “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali davra suhbati tashkil etildi.

Efirda adliya bo‘lim xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-61-son, 2022-yil 17-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmonlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qarori mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.