Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Bugun radio efirida...


Joriy yilning 14-mart kuni Dehqonobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Tangriyev, bosh maslahatchisi U.Aliboyev va yetakchi maslahatchisi J.Ikromovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshittirishi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Xususan, eshittirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-61-son,  2022-yil 17-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmonlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Telefon orqali kelib tushgan savollarga adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan javoblar berishdi.