Янгиликлар
Jazoni ijro etish koloniyasida qonun xujjatlari tushuntirildi
Joriy yilning 10 mart kuni Qarshi shahar adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi O.Abosaidov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti to‘rtinchi mintaqaviy hudud 2-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamda koloniya xodimlari o‘rtasida qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xususan, tadbirda O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi “O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-625-son Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Mahkumlar tomonidan berilgan savollarga adliya bo‘limi xodimi tomonidan javoblar berildi.


