Янгиликлар
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri
Joriy yilning 9 mart kuni Shahrisabz shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Begimov, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’sul xodimi N.Abdullayev, shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i B.Qurbonovlar va bo‘limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya jamiyatga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Adliya bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O’RQ-419-son Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga adliya bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan javoblar berildi.

