Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Jaholatga qarshi ma’rifat


Bugun viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Ma’naviyat va kitobxonlik soati” mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma xodimlari, O’zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyatidagi vakilining birinchi o‘rinbosari M.Qorayev hamda Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi Z.Boymurodovlar ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar tomonidan ma’naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash vazifasi bugunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi ta’kidlanib, yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, boy tariximiz, urf-odatlarimizga bepisandlik ruhidan asrashimiz muhimligi hamda bunda ma’naviyatning, bilimning yuksak o‘rni alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, bugungi kunda O’zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surayotgan bir paytda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qat’i nazar tenghuquqliligi ta’minlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsul faoliyat ko‘rsatib kelayotganliklari qayd etildi.

Xodimlar tomonidan diniy yo‘nalishda berilgan savollarga mutaxassilar tomonidan batafsil javoblar berildi.