Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ish beruvchilarga nogironlar uchun to'langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi.


“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 21.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.

2022 yil 1 martdan:

➖ bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;

➖ 2024 yil 1 martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.

Endilikda davlat buyurtmachilari nogironlar jamoat birlashmalari bilan ularning mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishi mumkin.

Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

●  axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish;
●  tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan 2022 yildan har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogiron yoshlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda ta’lim olishi tashkil etiladi.

2022 yil 1 fevraldan barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har chorakda qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi (https://lex.uz/docs/5789981).

Bunda, qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.