Янгиликлар
Jaholatga qarshi ma’rifat
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qarshi davlat Universitetining Shahrisabz shahar instituti, Toshkent kimyo-texnalogiya instituti Shahrisabz filialida “Giyohvandlik-Asr vabosi” hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi, shahar IIB, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bosh mutaxassisi hamda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan talabalarga hozirgi kundagi tahlikaliy vaziyat haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalizm, ekstremizm, terrorizm hamda giyohvandlikka qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar tushuntirib berildi.