Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Navbatdagi sayyor qabul


Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqov tomonidan Nishon tumani Nuriston qo‘rg‘onchasida “Nuriston”, “Nurchi” “Kimyogar” va “Kuksoy” MFY aholisi bilan tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman Davlat xizmatlari makazi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mas’ul xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul jarayonida 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 25 ta murojaat boshqarma va tuman adliya bo‘limiga ish yurituviga olindi.
Shuningdek, sayyor qabul jarayonida xotin-qizlarga mehnat qonunchiligi, nafaqa tayinlash tartiblari, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga berilayotgan imtiyozlar, yer olish, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftari”ga kiritish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.