Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Giyohvandlik asr vabosi


Inson uchun eng bebaho boylik – bu sog‘lik-salomatlikdir, uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, imon-e’tiqodiga xavf xatar solish bilan bir qatorda mustaqil mamlakatimiz rivojlanishi va taraqqiyotiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu yo‘nalishda boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ta’lim muassasalarida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 38-sonli, Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 1-sonli, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 31 va 4-sonli, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 59-sonli umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlarda yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishda qonunchiligimizda belgilangan jazo turlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.