Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Murojaatlar — doimo eʼtiborda


Joriy yilning 19-fevral kuni adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari masʼul xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi oʻrtasida sayyor qabullar tashkil etildi.
Xususan, adliya boshqarmasining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi masʼul xodimi Sh.Baxronov va Qamashi tuman adliya boʻlimi boshligʻi Sh.Qaxxorovlar tomonidan “Badaxshon”, “Sarkash” MFY raislari va hokim yordamchilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil
2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xotin-qizlarning huquqlari, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 709–son qarori mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berilib, aholining murojaatlari tinglandi hamda 15 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va 5 nafar fuqarolarning murojaatlari boʻlim ish yurituviga olindi.
Bu kabi tadbirlar Kasbi tumani “Doʻstlik” MFYda, Kitob tumanida “Oyoqchi” va “Makrid” MFYlarda, Mirishkor tumani “Doʻstlik” MFYda, Qarshi tumani “Bunyodkor”, “Ravot” va “Kaxlak” MFYlarda tashkil etildi