Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Navbatdagi sayyor qabul


Joriy yilning 19 fevral kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi hamda Koson tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Koson tumanining chekka hududida joylashgan “Gala” va “Sherbek” MFYlarda sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda tuman Xalq qabulxonasi, davlat xizmatlari markazi, Kadastr palatasi Koson tuman filiali, MFY raislari va hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
Adliya boshqarmasi va Koson tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 20 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, hamda 4 nafar fuqaroning murojaati Koson tuman adliya bo‘limiga ish yurituviga olindi.
Bundan tashqari, tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709–son qarori mazmun-mohiyati, ya’ni dehqon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlovlarni o‘tkazish hamda elektron raqamli imzo olish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berdi.