Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Har bir murojjat e’tiborda


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O’.Ostonov tomonidan joriy yilning 19 fevral kuni Shahrisabz tuman “Qushchinor” MFYda aholi o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, adliya bo‘limi, Kadastr palatasi Shaxrisabz tuman filiali, MFY raislari va hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
Boshqarma boshlig‘i O’.Ostonov tomonidan  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–20-son va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qarorlari mazmun-mohiyati, ya’ni dehqon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlovlarni o‘tkazish tartibi, elektron raqamli imzo olish tartiblari haqida batafsil tushuntirib berdi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida dehqon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlovlarda ishtirok etish istagini bildirgan 40 nafardan ortiq fuqarolarga mahallalarning o‘zida elektron raqamli imzo olib berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi hamda 8 nafar fuqarolarning murojaatlari boshqarma va tuman adliya bo‘limining ish yurituviga olindi.