Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xotin-qizlar huquqlari targ‘ibot tadbirlarida tushuntirildi


Joriy yilning 18 fevral kuni Kasbi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman reabilitatsiya markazida xotin-qizlar huquqlari kafolati hamda ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari hamda “Do‘stlik” va “Mug‘lon” MFYda yashovchi xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasining 2019 yil
2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xotin-qizlarning huquqlari, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga adliya bo‘limi xodimlari tomonidan javoblar berildi.