Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Radio efirida...


Qamashi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsultlari F.Ashurova va N.Xurramovlar hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati Intelektual mulk himoyasi markazi yetakchi mutaxissisi I.Tursunovlar tomonidan "Oltin Voha" radiosining  “Qonun va ijro” to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitirishi orqali qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Eshitirishda O’zbekiston Respublikasining 2022 yil 2 fevraldagi “Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O’RQ–749-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
7 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–34-son, 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–81-son qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Telefon orqali kelib tushgan murojaatlarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.