Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga ega.


Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga (http://old.lex.uz/docs/2678463#2678533) ega.
Bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.
Direktor arizani olgan kundan bir ish kunida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Sinfdagi o‘quvchilar soni meʼyordan (35 nafar) ortiq bo‘lganda, direktor o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin.
Rad etish haqida direktor uch kunda ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilishi kerak.
Direktorning o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, 3 kunda sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.