Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Aksiya davom etmoqda...


Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid davlatimiz tomonidan ko‘pgina qonun hujjatlari qabul qilindi hamda tegishli davlat idoralari tomonidan bir qator ishlar amalga oshrilmoqda.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida aholining tibbiy-huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘ligini tiklash masalalari bo‘yicha tashkil etilgan aksiyadan ham asosiy maqsad nogironligi bo‘lgan shaxslarni qonuniy huquq va manfaatlarini tiklashdan iboratdir.
Xususan, joriy yilning 3 fevral kuni G’uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan aksiya doirasida uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etilib, “Sherali” MFYda yashovchi 1 guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro I.A o‘ziga aravacha olishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab qilgan murojaati bo‘lim tomonidan o‘rganildi hamda fuqaroga nogironlar aravachasi olib berilishi ta’minlandi.