Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Xodimlarning huquqlari ro‘yobga chiqarildi


Inson sha’ni – oliy qadriyat.
Shu boisdan davlatimizda olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar, islohotlar markazida shaxs va uning manfaatlari turadi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Ushbu vakolatdan kelib chiqqan holda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi suv xo‘jaligi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjet mablag‘lari hisobidan davlat boshqaruv organlari xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda lavozim maoshiga ustamalar to‘lanishi holati tahlil etildi.
O‘tkazilgan tahlillar natijasida Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotda, 20 foizli ustama haqlari boshqarma va uning tasarrufidagi tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Viloyat adliya boshqarmasining murojaatiga asosan Adliya vazirligining sa’y-harakati bilan viloyatdagi suv xo‘jaligi xodimlariga lavozim maoshiga ustamalar to‘lab berilishi joriy etildi.
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, boshqarma va uning tizimidagi xodimlarga 2021 yil uchun shtatlar jadvalida o‘zgatirish kiritilib, boshqaruv apparat xizmatchilari lavozim okladiga nisbatan (jami 23 mln. 688 ming so‘m) ustamalar belgilangan tartibda to‘lab berildi.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, ushbu to‘lovlar endilikda birgina Qashqadaryo viloyatida suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan 235 nafar xodimlarga bir oyda o‘rtacha 85 mln. so‘m, 2022 yil va keyingi yillar davomida ham 1 mlrd. so‘mdan  ortiq ustama pullari to‘lanishini inobatga oladigan bo‘lsak, respublika miqiyosida hisoblanganda, huquqlari tiklangan xodimlar soni va ularga to‘lanadigan ustama pullarining salmog‘i naqadar yuqori bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.
Insonlarning haq-huquqini ro‘yobga chiqarish, ularga moddiy yoki ma’naviy ko‘mak berish, ularning ko‘zlaridagi minnatdorlik nazarini ko‘rish har bir xodimda o‘z ishiga nisbatan mag‘rurlanish hissini o‘yg‘otadi.
Yanada fidoiylik, yanada mas’uliyat bilan ishlashga undaydi!

Inson huquqlarini
himoya qilish bo‘limi
Elnur Ismoilov, Venera Boboeva