Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Inson huquqlari oliy qadriyat


Joriy yilning 1 fevral kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda Qarshi tuman adliya bo‘limi ish faoliyati hamda ijobiy hal etilgan murojaatlari yuzasidan lavhalar tayyorlandi.
Lavhalarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan aholining tibbiy-huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘ligini tiklash masalalari bo‘yicha tashkil etilgan aksiya doirasida tibbiy anjomlarga muhtoj bo‘lgan nogironligi bor fuqarolar va ularning oila a’zolarining murojaatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar aks ettirildi.
Jumladan, fuqarolar X.B va N.A larning nogironlik aravachasini olishda amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaatlari hamkor tashkilotlar  bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, murojaatlari qanoatlantirilib, nogironlik aravachalari topshirildi.
Bundan tashqari, mazkur masalada fuqarolarning 10ga yaqin murojaatlari tuman adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ko‘rib chiqilmoqda.
Ushbu tadbir davomida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ham intervyu va lavhalar tayyorlandi.