Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ-3666-son qaroriga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ta’minlash hisoblanadi.

Mazkur vazifadan kelib chiqib, adliya boshqarmasi tomonidan yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 2864, 28.02.2017-yil) ijrosi yuzasidan joriy yilning birinchi choragi davomida adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalari bo‘yicha kelishish komissiyasi tomonidan 53 nafar yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra
43 nafar yuridik xizmat xodimlariga rozilik berilgan bo‘lsa, 10 nafar nomzod suhbatdan o‘tmagan deb topilgan.

Bundan tashqari, 9 nafar yuridik xizmat xodimlari bo‘yicha lavozimdan ozod etishga kelishish amalga oshirilgan.

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari berish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 2920, 28.08.2017-yil) ijrosi bo‘yicha boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga martaba darajasi berish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib, joriy yilning birinchi choragi davomida 44 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berish bo‘yicha
Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiyalar kiritilib, shundan
33 ta nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berildi.

Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablar (ro‘yxati raqami 2863, 28.02.2017-yil) ijrosi bo‘yicha minimal talablarga davlat organlari va tashkilotlar tomonidan rioya etilayotganligi yuzasidan monitoringlar o‘tkazilib, monitoringlar jarayonida jami 47 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan hamda kelgusida qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan 1 ta ma’muriy taklif va 7 ta taqdimnoma kiritilib, buning natijasida 1 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Norma ijodkorligi sohasida.

Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri tuman (shahar) hokimlari
va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hisoblanadi.

Mazkur vazifadan kelib chiqib, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 139 ta qaror loyihalari ishchi tartibida amaliy yordam bergan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonunchilikka muvofiqligi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

Xususan, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar natijasida hokimliklar tomonidan 225 ta qarorlar qonun hujjatlariga zid qabul qilinganligi, 21 ta qaror normativ-huquqiy tusga ega bo‘lsada, adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qabul qilinganligi aniqlanib, ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yoki bekor qilish yuzasidan 193 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining 225ta qaror va farmoyishlari bekor qilinib, qonun hujjatlari talabiga muvofiqlashtirildi.

Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish masalalari yuzasidan doimiy ravishda huquqiy maslahatlar, yo‘nalish va ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.