Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Aholi murojaatlari bilan ishlash bugungi kunning muhim masalasi


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan fuqarolarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aksiya o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida joriy yilning yanvar-fevral oyilari aholining tibbiy-huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘ligini tiklash masalalari amaliy ishlar va huquqiy tushuntirish berib kelinmoqda.

Masalan, Mirishkor tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joriy yilning 26 yanvar kuni “O’zbekiston” MFYda sayyor qabul o‘tkazilib, unda tibbiy anjomlarga muhtoj bo‘lgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar va ularning oila a’zolaridan 10 ta murojaat bo‘lim
ish yurituviga olindi.

Shuningdek, tadbir davomida belgilangan tartibda fuqaro B.Tga 375 805 so‘mlik nogironligi bo‘lgan bolalar uchun xodinok, umrbod 2-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro G.Aga va fuqaro J.Qlarga 1.782.000 so‘mlik eshitish apparatlari olishda hamda fuqaro J.Aga nogironlik aravachasi olish uchun sertifikatlar berilib, ularning murojaatlari qanoatlantirildi.