Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sayyor qabullar davom etmoqda!!!


Joriy yilning 25 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Nasimov tomonidan G‘uzor tumani Davlat xizmatlari markazi binosida 30 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qabul qilindi.
Qabulda viloyat adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘lim boshlig‘i A.Xudayberdiyev, “Yuksalish” axborot-maslahat resurs markazi rahbari Z.Haydarova va boshqa aloqador tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan berilgan 10 ta savollarga huquqiy tushuntirish berildi.
Shuningdek, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berilib, ijtimoiy sheriklikning o‘rnatilishi jamiyat va fuqarolik o‘rtasidagi vujudga keladigan munosabatlarda ijobiy rol o‘ynashi aytib o‘tildi.