Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi faoliyati yuzasidan...


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan aholini xabardor qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 2021 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 2021 yil davomida bo‘lim tomonidan 1 500 ga yaqin targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Shundan, 200 dan ortiq og‘zaki va 1000 dan ortiq ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilgan.

Bo‘lim tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali tarzda foydalanilmoqda.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal va “facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savol-javoblar tayyorlanib, yoritildi.

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yuzasidan 600ga yaqin ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatildi.

Bu aholining adliya organlari faoliyatidan xabardorlik darajasini oshirishi bilan bir qatorda, adliya organlariga nisbatan bo‘lgan hurmat va ishonchni oshishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida aholi va yoshlarning huquqiy bilimini yanada oshirish, fuqarolarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida turli hil aksiya, fleshmob, viktorina va tanlovlar tashkil etildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan Qarshi harbiy prokuraturasi hamda “Yurt tarovati” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda “VATAN – ULUG’, BURCh – MUQADDAS” nomli onlayn maqolalar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda, maqolalar boshqa manbalardan ko‘chirilmaganligi, stilistik, grammatik va imloviy xatolardan holiligi va maqola mavzusining mazmun – mohiyati to‘laqonli ravishda ochib berilganligiga ko‘ra baholandi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, faol ishtirok etgan ishtirokchilar ham boshqarma va hamkor tashkilotlar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish maqsadida fuqarolar o‘rtasida “Eng yaxshi rolik”, “Eng yaxshi infografika” va “Eng yaxshi slayd” nominatsiyalari bo‘yicha onlayn tanlov o‘tkazildi.

Tanlov g‘oliblarini aniqlashda, konstitutsiyaning mazmun va mohiyatini kengroq va soddaroq tarzda ochib berilganligi, innovatsion vositalardan foydalanilganligi hamda mavzuga chuqur yondashilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etganlar orasidan har bir nominatsiya bo‘yicha alohida g‘oliblar aniqlanib, boshqarmaning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan bo‘lim tomonidan “Mustaqillik huquq demakdir” mavzusida ijodiy (rasm, she’r, videorolik) onlayn tanlovi tashkil etildi.

Tanlov g‘oliblarini aniqlashda: ijodiy ishlarda Mustaqillikni madh etuvchi so‘zlar jarangdorligining mavjudligi, Mustaqillik yillarida vatan ravnaqi yo‘lida erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan ishlarning yoritilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tanlov natijalariga ko‘ra, ijodkor-jurnalist, shoira, Kurbonova Muxayyobonu I-darajali, Qarshi shahar 17-son umumta’lim maktabi targ‘ibotchisi Otamurodova Klara II-darajali va Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Maloxat Avazova III-darajali diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tanlovda 3 nafar faol ishtirok etgan ishtrokchilarga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bo‘lim tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida "Mehr ulash" aksiyasi doirasida qon topshirish aksiya tadbiri tashkil etilib, mazkur aksiyada boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari, notarius hamda yuridik texnikum xodimlari beg‘araz donorlikni amalga oshirish orqali kimningdir hayotiga mehr ulashishni maqsad qilgan.

Tadbir mobaynida “#MENDONOR” shiori ostida fleshmoblar tashkil qilinib, ko‘ngillilar donorlikka jalb qilindi.

Bo‘lim tashabbusi bilan viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining oila a’zolari ishtirokida “Oila kuni” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda adliya organlari xodimlarining oila a’zolari viloyat adliya boshqarmasi binosiga taklif qilinib, boshqarmada mavjud shart-shariotlar, yaratilgan imkoniyatlar va boshqarma kutubxonasidagi ba’diy kitoblar bilan tanishtirildi hamda ularga soha faoliyati haqida qisqacha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, bolajonlar uchun tashkil etilgan qug‘irchoq teatri sahna ko‘rinishlari, musiqali chiqishlar, rasm, shaxmat, shashka va boshqa turli interaktiv uyinlar tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.

Tadbir davomida bolajonlar uchun tashkil etilgan bayramona dasturxondagi tort va boshqa shirinliklar murg‘ak qalb egalariga o‘zgacha xursandchilik olib keldi.

Tadbir turli musiqali chiqishlar bilan davom ettirilib, tadbir yakunida bolajonlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bo‘lim tomonidan televideniyedan chiqishlar imkoniyatidan ham keng foydalanib kelinmoqda.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ijobiy hal etilgan murojaatlar, qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati, soha faoliyatida olib borilayotgan islohotlar, mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar va ularning natijasi hamda samaradorligi xususida ko‘rsatuvlar, reportajlar, savol-javoblar tasvirga olindi va markaziy hamda viloyat televideniyesi orqali keng yoritildi.

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan viloyat Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar, Bojxona boshqarmalari, Qarshi-Muhandistlik iqtisodiyot instituti hamda OAV xodimlari bilan hamkorlikda talabalar va o‘qituvchilar ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda soha vakillari tomonidan korrupsiyaning turlari va ko‘rinishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjatlarining zamon va islohotlar talablari darajasida takomillashtirilayotganligi, soha vakillarining korrupsiyaga oid huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, jamiyat a’zolari bo‘lgan fuqarolarimiz ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirib borish hamda Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda OAV ning o‘rni haqida fikr almashildi.

Uchrashuv davomidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
29 yilligi munosabati bilan talabalarga konstitutsiyaga oid qiziqarli ma’lumotlar berilib, ular o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi hamda faol ishtirok etgan talabalarga adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir tafsilotlari viloyat va Qarshi shahar “Nasaf tv” televideniyesi orqali efirga uzatildi.

Shuningdek, 2021-yil 2-dekabr kuni “9-dekabr – Xalqaro karrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari J.Norov va S.Turopovlar tomonidan viloyat televideniyesining munosabat ko‘rsatuvi orqali “Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF–6257-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5177-son hamda joriy yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.

Budan tashqari, adliya boshqarmasi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda Qamashi tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati misolida reportaj tayyorlandi.

Reportajlarda bo‘limi va yuridik markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar shuningdek, ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan lavhalar aks ettirildi.

 

                                                                    Huquqiy targ‘ibot

                                                                    va ma’rifat bo‘limi