Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2021-yil davomida nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davri yakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami
575 tani tashkil etib, shundan 376 tasi yuridik shaxs maqomiga ega, 199 tasi esa nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy tashkilotlar soni 187 ta bo‘lib, shundan 185 tasi islomiy, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.

Bo‘limga ushbu davr mobaynida 1 218 ta xat va hujjatlar kelib tushgan, shundan 155 tasi nazoratga olingan, 1 063 tasi ma’lumot sifatida qabul qilingan.
19 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. 151 ta xat
va hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilgan, 4 tasi esa hisobot davri yakunida qoldiqda qolgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi tomonidan 15 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Nodavlat notijorat tashkilotlarining
33 ta hududiy bo‘linmalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, 2 ta diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Hisobot davri davomida bo‘limga 65 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib (22 ta ariza, 43 ta shikoyat), shundan 25 tasi qanoatlantirilgan, 38 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat mazmunan ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan jami 247 ta taqdimnoma, 292 ta ogohnoma, 67 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif, 1 ta da’vo arizasi, 4 ta jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan. Natijada 67 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka, 218 ta shaxs O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
181-moddasiga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 ta shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda fuqarolarga 14 709 811 so‘m mablag‘ undirib berilgan.

Viloyat adliya boshqarmasining 2021 yilning I hamda II yarim yilliklariga mo‘ljallangan ish rejalariga asosan 37 ta nodavlat notijorat hamda 39 ta diniy tashkilotlar faoliyatida o‘rganish hamda 14 ta monitoring o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, jami 1 090 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, mazkur qonunbuzilish holatlarining oldini olish va kelgusida takroran sodir etmaslik maqsadida 61 ta taqdimnoma kiritilgan.

Bo‘lim tomonidan shu davr mobaynida jami 116 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 11 marotaba televideniyeda, 14 marotaba radioda,
16 marotaba gazetada, 41 marta veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilingan. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda
12 marotaba ma’ruza, 12 marotaba davra suhbati hamda 9 marotaba seminarlar tashkil etilgan hamda 1 marta yozma huquqiy targ‘ibot tadbiri amalga oshirilgan.

 

 

Nodavlat notijorat

tashkilotlar bo‘lim boshlig‘i

                                                        A. Xudayberdiyev