Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Koson tuman adliya bulimining 2021 yilning yillik sarxisobi


Koson tuman adliya bulimi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning kurnb chikilishi bo‘yicha

Bulim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 415 ta murojaatlarning 398 tasi hal etilib, shundan 295 tasi qanoatlantirilgan, 103 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, shundan 17 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborildi.

Konun xujjatlarini xukukiy ekspertizadan o‘tkaznsh buyicha

Mahalliy davlat xokimiyati organlarining normativ-xukukiy tusdagi 13 ta karor loyixalari xukukiy ekspertizadan utkazilgan bulib, shundan 11 tasiga rozilik vizasi kuyilgan.

Norma ijodkorligi soxasida maxalliy davlat xokimiyati organlarida utkazilgan Urganishlar natijasi buyicha 14 ta takdimnoma kiritilib, 27 ta xokim karorlari bekor kilingan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari buyicha

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 18 ta o‘rganish va 63 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 211 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 6204 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 228 ta taqdimnoma, 44 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 505 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 27 nafar shaxs intizomiy va 1 mlrd.100 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 43 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Amalga oshirilgan xukukiy targibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1375 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 550 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 724 tasi og‘zaki, 101 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.



Bo‘lim boshlig‘i                                               J.Muminov