Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda



Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari va tuman hokimi yordamchisi bilan hamkorlikda tumandagi  “Paxtakor” MFYda aholi o‘rtasida  sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, 10 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi.
Shuningdek, tuman adliya bo‘limi tomonidan Qarshi tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
12-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
PQ–81-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.