Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan


ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 247 ta murojaatning barchasi hal etilib, shundan
123 tasi yoki 50,1 foizi qanoatlantirilgan, 122 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
5 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 5 ta taqdimnoma kiritilib, 8 ta hokim qarorlari bekor qilingan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan jami 16 ta o‘rganishlar va 49 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 169 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasida 3281 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 384 ta tegishli ta’sir choralari, xususan, 113 ta taqdimnoma, 246 ta ogohnoma va
25 ta ma’muriy bayonnoma va ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 23 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Bundan tashqari, 4 ta Qarshi shahar Madaniyat bo‘limi xodimlarining oylik ish haqlariga ustama undirib berish yuzasidan sud buyrug‘iga ariza kiritilib, 17 661 600 so‘mlik ish haqlariga ustamalar undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi. Shuningdek, 8 nafar fuqaroning tug‘ilganlik faktini belgilash yuzasidan kiritilgan da’vo arizalari ham qanoatlantirildi.
Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 22 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 12 oyida davomida jami 1273 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1028 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 216 ta og‘zaki,
29 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Qarshi shahar adliya
bo‘limi boshlig‘i
D.Usmonov