Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Fuqaroning murojaati hal etildi


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Qarshi tumani, “Mang‘it” MFY, O’zbekiston ko‘chasi, 30-uyda yashovchi fuqaro F. Aminova murojaat qilib, homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullarini undirilishida amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida Qarshi qurilish kolleji direktorining buyrug‘iga ko‘ra, fuqaro F. Aminovaga 2021-yil 31-avgustdan 2022-yil 4-yanvarga qadar homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan bo‘lib, biroq ta’til pullari o‘rganish kuniga qadar to‘lab berilmaganlagi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha fuqaroning manfaatini ko‘zlagan holda fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga berilgan da’vo arizasi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro F. Aminovaga 5 900 985 so‘m homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullarini undirib berish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.

 

Inson huquqlarini himoya

qilish bo‘limi bosh maslahatchisi

Venera Boboyeva