Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Kompensatsiya pullari (snos) to‘lab beriladigan bo‘ldi!


Chiroqchi tumani,“Choshtepa” MFY, Choshtepa ko‘chasida yashovchi fuqaro O. Hayitovlar savdo do‘koni buzilganligi uchun Chiroqchi tuman hokimligi tomonidan kompensatsiya pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib viloyat adliya boshqarmasiga qilgan murojaatlari o‘rganib chiqilib, natijasi bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudiga da’vo arizalari kiritildi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, shuningdek 54-moddasida mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi belgilangan.

Ushbu da’vo arizalari sud tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro O. Hayitovning foydasiga javobgar Chiroqchi tuman hokimligi foydasidan 50 754 700 so‘m kompensatsiya undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarildi.